Tadbir bank va moliya sektori, energetika, davlat sektori, ta’lim va madaniyat obyektlari uchun zamonaviy AV-yechimlar, immersiv texnologiyalar va raqamli makonlarga bag‘ishlanadi.
Zamonaviy makonlar endilikda shunchaki ekran, ovoz yoki videokonferensiya tizimlaridan iborat emas. Bugungi kunda ular ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish, hamkorlikda ishlash, raqamli ta’lim, immersiv texnologiyalar va aqlli boshqaruvni yagona ekotizimga birlashtiradi.
Tadbir davomida ushbu yechimlarning real foydalanish ssenariylarida qanday ishlashini namoyish etamiz. Mehmonlarni demo zonalar, soha yetakchi ishlab chiqaruvchilarining qisqa ekspert chiqishlari, texnologiyalarning jonli namoyishlari va uskunalarni shaxsan sinab ko‘rish imkoniyati kutmoqda.